Respublika maktablari o‘rtasidagi tanlov
Eng yaxshi maktab — 2026
O‘z maktabingizni qo‘llab-quvvatlang. Respublikadagi eng yaxshi maktabni xalq ovozi va jamoaviy ishtirok orqali birgalikda aniqlaymiz.
Boshlanish sanasi

- Umumta’lim maktablari
- 10 000+
- Saralash bosqichi
- 3 ta
- Umumiy davomiylik
- 40 kun
- Mutlaq g‘olib
- 1 ta maktab
Tanlov tartibi
G‘oliblik sari uch bosqich
Maktablar avval o‘z hududida saralanadi. Har bir bosqich yakunida eng yuqori natija ko‘rsatganlar keyingi bosqichga o‘tadi.
| Bosqich | Davomiyligi | Saralash tartibi |
|---|---|---|
1-bosqichTuman / shahar | 20 kun | 10-sentyabrdan boshlab maktablar o‘z tumani yoki shahri doirasida bellashadi. Har bir tuman yoki shahardan eng yuqori natija ko‘rsatgan 10 ta maktab viloyat bosqichiga o‘tadi. |
2-bosqichViloyat | 10 kun | Tuman va shaharlardan saralangan maktablar viloyat miqyosida bellashadi. Har bir viloyat bo‘yicha eng yuqori natijaga erishgan 10 ta maktab respublika bosqichiga o‘tadi. |
3-bosqichRespublika | 10 kun | Viloyat bosqichidan o‘tgan maktablar respublika miqyosida bellashadi. Eng yuqori natijaga erishgan maktab “Respublikadagi eng yaxshi maktab — 2026” mutlaq g‘olibi bo‘ladi. |
Ovoz berish
Har bosqich — yangi imkoniyat
Saralash shu bosqichda to‘plangan ovozlar asosida amalga oshiriladi.
Ovozlar nollashtiriladi
Har bir bosqich yakunida to‘plangan ovozlar nollashtiriladi. Keyingi bosqichda hisob qaytadan boshlanadi.
Yana ovoz berish mumkin
Ovoz beruvchilar har yangi bosqichda o‘z maktabini qayta qo‘llab-quvvatlash imkoniga ega bo‘ladi.
Bosh sovrin
G‘olib maktabga — zamonaviy smart doska
“Respublikadagi eng yaxshi maktab — 2026” mutlaq g‘olibiga smart doska sovg‘a qilinadi. Bu maktab jamoasining faolligi va g‘alabasining munosib e’tirofi bo‘ladi.
Faol ishtirokchilar ham taqdirlanadi
Respublika bosqichiga chiqqan maktablar, jamoalar va faol ishtirokchilar turli nominatsiyalar hamda esdalik sovg‘alariga ega bo‘ladi.

Jamoaviy qo‘llab-quvvatlash
Maktabingiz atrofida birlashing
Tanlov maktablarning jamoatchilikdagi faolligi hamda o‘quvchilar, ota-onalar, ustozlar va bitiruvchilarning o‘z maktabiga munosabatini namoyon etadi. Bu yutuqlarni ko‘rsatish va jamoa sifatida birlashish imkoniyatidir.
O‘quvchilar · Ota-onalar · Ustozlar · Bitiruvchilar · Maktab jamoasi
Sinfdoshlar, ustozlar, ota-onalar va bitiruvchilarni jalb qiling.
Tumaningiz yoki shahringizning eng yaxshi maktabini aniqlang.
Viloyatingiz sharafini respublika bosqichida himoya qiling.
Tanlov tartibini ko‘rish